Payariq tuman XTB ga qarashli 79-umumta’lim maktabi informatika o‘qituvchilarining matematika va informatika fan oyligi doirasida o‘tkazilgan “Informatika +” tadbiri ssenariysi
Tadbirni o’tkazishdan maqsad:
- O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish, O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
- O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, buyuk vatandosh allomalarga hurmat tuyg`usini shakllantirish, milliy g`urur ruhini tarbiyalash..
- O’quvchilardagi mas’uliyat, burch, vatanparvarlik, do’stlik hislarini tarbiyalash, fanlararo integratsiya o‘rnatish.
Foydalaniladigan vositalar:
- Tarqatma materiallar, tayyorlangan slaydlar
- Kompyuter, proyektor
Ishtirokchilar:
- Har biri 8 o`quvchidan iborat 2 ta jamoa, hay’ata’zolari, muhlislar.
Tadbirning borishi:
Assalomu-alaykum hurmatli kasbdoshlar, aziz o`quvchilar! Matematika va informatika fan oyligi doirasida Informaika fanidan o`quvchilarining 7-A sinf “Al-Xorazmiy” va 7-B sinf “ Algoritm” ikki guruhi o’rtasida o’tkazilayotgan tadbirga xush kelibsiz. Tadbirimizni shartli ravishda “Informatika+” deb nomladik. Sababi, fevral oyi nafaqat matematika va informatika fan oyligi, balki ikki buyuk shaxs Navoiyxonlik va Boburxonlik oyliklari ham hisoblanadi.
Ruxsat bering, boshlamoqqa informatika baxsini,
Turli — tuman savol bilan o’ylatamiz barchani!
Informatika fani yuksalmoqda kun sayin
Fan bilan birga qadam tashlamoq kerak tayin.
Qancha-qancha muammo hal etilgan ushbu on
Kompyuter savodxonlik quloch yoymoqda chunon.
Davomini to’liq ko’chirib olish ->>>>>>>>>>>> 7-sinf informatika tadbiri ssenariysi
Payariq tuman XTB ga qarashli 79-umumta’lim maktabi informatika o‘qituvchilarining matematika va informatika fan oyligi doirasida o‘tkazilgan “Informatika +” tadbiridan foto lavhalar
йил_укитувчиси_2018_бахолаш_мезони



