Tarjimai hol

img018

     Men Jurakobilov Jamoliddin Mardiyevich 1986 yil 18 martda Samarqand viloyati, Payariq tumani, Katta saydov qishloq fuqarolar yig’ini, Uymovut (Tursun Ahmedov mahallaning avvalgi nomi) mahallasida tug’ilganman. 1993 yil xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 63-umumiy o’rta ta’lim maktabiga (Eski nomi «9-umumta’lim maktabi» o’quvchilarga 9 yillik umumiy ta’lim berar edi. Aksariyat maktablarda esa ta’lim sohasi 11 yillik ya’ni ta’lim 11-sinfgacha davom etardi) ta’lim oldim.

img021

     Maktabga borgan ilk kunni hech qachon yodimdan chiqarmayman. Mening birinchi ustozim Manzura opa Mamadaliyeva qo’limga qalam tutqazib o’qishni va yozishni o’rgatgan. Xato qilgan damlarimda bergan dakkilaridan garchi hafa bo’lgan bo’lsamda, ulg’ayib bu dakkilarning mohiyatini keyin tushundim. Ustozim meni o’z ustimda qayta-qyayta ishlashimni istagan ekan. Maktabning 9-sinfgacha o’qib qolgan 10-sinf va 11-sinfni yaqin masofada joylashgan 61-umumiy o’rta ta’lim maktabida (Eski nomi «Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek nomli 7-umumta’lim maktabi» o’quvchilarga 11 yillik umumiy ta’lim berar edi) davom ettirdim. Ushbu maktabda ikki o’quv yili davomida yana ham ko’p bilimga ega bo’ldim. Maktabni tugatgach oily o’quv yurtiga kirish istagi meni kun sayin o’z ustimda ko’proq ishlashimga majbur etardi.

     Maktabni 2004 yil tamomladim. O’z ustimda yana ham ko’proq ishladim va 2005 yili Toshkent axborot texnologiyalar universitetining Samarqand filialiga o’qishga kirdim. Oliy o’quv yirtida men ko’p bilimlarni o’zlashtirdim, do’stlar orttirdim. 2009 yilda oliygohni tamomlab Samarqand viloyati, Payariq tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 79-umumiy o’rta ta’lim maktabiga ishga kirdim va hozirga qadar ish faoliyatimni ushbi ta’lim maskanida davom ettirib kelyapman. 2014 yil 6-martdan 2014 yil 4-iyunga qadar Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ustozlarimdan ta’lim olib qaytdim.