Qiziqarli voqealar

Maktabdagi o’quvchilik davrimdan.

      Mening Sherali ismli sinfdosh o’rtog’im bor. 5-sinfda o’qib yurgan kezlarim Sherali bilan bir partada birga o’tirardik. Bir kuni Sherali ertalab darsga kelib ro’za tutganligini aytib qoldi. Men ishondim. Ayni shu vaqtlarda futbol boyicha jahon chempionatida Fransiya g’olib bol’gani uchun “France 98” saqichlari ko’p tarqalgan edi. Bu saqichning ichidan futbol yulduzlarining tushirilgan rasmlari chiqar edi. Sherali esa aynan futbolga qiziqqani uchun doim ushbu rasmlarni to’plardi. Qolgan sinfdoshlarimda ham shunday qiziqish yo’q emasdida, shuning uchun kim ko’p rasm yig’arga o’yin boshlanib ketgan edi. To’g’ri Sherali bu borada “Chempion” edi, lekin, u ro’za tutdi, endi saqich chaynash unga mumkin emas edi. Shunday paytda Sherali g’oliblikni yo’qotmaslik uchun har kuni saqich sotib olar va menga berar edi. Tabiiyki men saqichni mazza qilib chaynayman chunki ro’zador emasman, ichidan chiqqan rasmlarni esa Sherali olar edi, olar ediyu, gohi-gohida menga qarab yutinib qo’yardi.

     Maktabda juda ko’p martalab (Futbol maydonchasi yuqori sinf o’quvchilaridan bo’shamagan vaqtlarda) quvlashmachoq o’ynar edik. Bu o’yinda quvlagan ishtirokchi kimni ushlab olsa birga qo’shilib quvlar va shu qoida yana davom etar edi. Natijada quvlaydigan ishtirokchilar ko’payar edi. Shunday paytlarda men tushib qolsam Sheraliga ko’z qisar edim. Tanaffusda maktabni bir aylanib chiqardik va men Sheralini darrov ushlab olar edim, chunki Sherali juda ham tez chopar men esa … . Undagi bu tezlik qolganlarni quvib yetishda qo’l kelar edi. O’yin tuga,gach Sherali ikkimiz uyimizdan olib kelgan har xil yong’oq, mayiz, qurtlar bilan bir birimizni rosa siylar edik.

      Hash pash deguncha 7-sinfga o’tdik. Kimyo fani yangi fan sifatida o’tila boshlandi. Kimyo qiyin fan ekan, Mendeleyev davriy jadvalidagi barcha elementlar maxsus harflar va ularning goh tepasiga, goh tagiga yozilgan raqamlar bilan men va Sheralini rosa qiynab yubordi. Kimyo darsi boshlandi deguncha ustozimiz doska yoniga chaqirib ana shu elementlarni nomi, xususiyatlari va yozilishini so’rar edi. Ana shunday damlarda Sherali ikkimiz partaning tagiga kirib ketay derdik. Hattoki ustozimiz jazo sifatida “Bir” baho bilan ham siylagan. Bir kuni dars tugagach hammamiz uy-uyimizga tarqaldik, ammo Sherali hamon sinfda o’tiribdi. Yoniga borsam ham indamaydi. Jahlim chiqib uyga ketdim. Ertasi kuni kelsam Sherali hali kelmabdi, dars boshlanishiga yaqin yetib keldi. Kayfiyati a’lo, ko’ylagi tekis dazmollangan,tufligi yaraqlab turibdi, sochgaku gap yo’q, ha yana bir gap hamma maktabga o’quv qurollarini papkada olib kelsa Sherali diplomatda kelar edi. Xullas shu kuni Sherali o’zgacha edi. Ikkinchi soat kimyo. Birinchi soat dars tugayapti men nima qilarimni bilmay o’ylanib Sheraliga qarayman, Sherali bemalol o’tiribdi, hattoki xursand. Tanaffus tugamasdan Sherali sinfda bamaylixotir o’tiribdi. Ustoz sinfga kirdi, negadir shu kuni ustoz ikkimizdan ham bergan topshiriqlarini so’ramadi va yangi mavzu bayoniga o’tdi. Men yengil nafas olib Sheraliga qarasam qovog’idan qor yog’yapti.
     Dars so’ngida ustoz “Savollar bormi?” dedi. Hoh ishoning-hoh ishonmang Sherali qo’l ko’tarib turibdida. Ustozga “Topshiriqlarni bajardik” desa bo’ladimi, men tamom bo’ldim. Sherali doskaga chiqdi va davriy jadvaldagi elementlarni yigirmadan ziyodini yozib tashladi-da joyiga kelib o’tirdi. Oxiri uni qistovga oldim, qarasam doskamiz qoramtir rangda ekan, unga qora ruchka bilan yozsa bilinar-bilinmas iz qolar ekan, Sherali ana shundan foydalanib ellikka yaqin elementni “Chiroyli” qilib bir tekisda yozib chiqibdi. Yana gapni qarang “O’zi senga aytmoqchi bo’lib turuvdim, o’zing qo’ymading. Kel kelishamiz,kelasi darsda sen qolganlarini yozib tashlaysan. Shu bilan qutulamiz” deb meni yupatdi. Qilmish qidirmishda bir hafta vaqt o’tgach biz ikkimiz kimyo fanini rostakamiga o’qidik.

    Talabalik davrimdan.img015img017

      2008 yil 20 mart kuni Boyqulov Shukrullo ismli kursdosh o’rtog’imiz “Tug’ilib” qoldi va uyiga taklif etdi. Barcha kursdosh o’rtoqlarimiz bir bo’lib uyiga bordik. Do’stimiz Jizzax viloyatining Zomin tumanida turar ekan. Uyini topib boorish qiyin bo’lmadi. Ziyofat dasturxoni chiroyli qilib bezatilgan, biz ham naq yigirmadan ziyod bo’lib brogan edikda. Ertasi kuni biz Jizzax shahrini aylandik, Navro’z bayramiga atab shahar ham chiroy ochgan, ovqatlanish shahobchalariku aytmasa ham bo’ladi. Hamma yoqdan mehmonlar kelgan, Jizzax somsasidan bahra olish uchun ham kelgan. Shahar aylanib rosa charchadik, bayram ham juda chiroyli davom etyapti, qornimiz ochib biz ham Jizzax somsasidan buyurtma qildik. Bir mahal kalladek keladigan mashxur somsalar keldi, bazmujamshid avjuga chiqdi.
    Bir soatlardan keyin hisobni keltirishdi, buni qarangki ziyofat shu darajada bo’lgan ekan bor pulimizni oshpaz akalarga topshirib o’zimiz asta ko’chaga chiqdik, soat hali 14:15 edi chamamda. Yonimizda juda ham kam pulimiz qolgan. Poezdni kutsak 17:30 da keladi va bizni Samarqandga bir yarim soatlarda yetkazadi, bunda juda kech bo’lib ketadi. Oxiri katta ko’chaga chiqdik. Yarim soat quyoshda sarg’ayib turdik. Oramizda Komil ismli Qo’shrabotlik o’rtog’imiz bor ekan, bir mahal qizil Ikarius tomonga yugurib ketdi. Avtobus Qo’shrabotga qatnar ekan, shu kuni Toshkentdan yo’lovchi bilan kelayotgan ekan, haydovchini qanday eritdi ekan buni bilmadimu, lekin rozi bo’ldi. Bizni yo’lovchilar o’rtasidagi yo’lakka olishga ko’ndi. Noiloj hammamiz yo’lakka chiqdik. Yo’lak tor va qisqa ekan yigitlar bilan biroz qisilib qoldik, ichkari isib terlab ketdik, manzilga yetguncha oyog’imiz shu darajada qaqshadiki, aslo so’ramang. Lekin Samarqandgacha harajatsiz tekinga kelib oldik.
    Avtobusdan tushgach biroz dam oldik, lekin kun botay deb qolgan, endi yotoqxonagacha albatta piyoda yetib olish qolgandi xolos. Yana bir soat deganda hamma o’zmanziliga yetib olgan bo’lsa kerak. Men shu kunni hech qachon unutmayman.