Maktabimiz tarixi

    Bizning maktabimiz Payariq tumani, Chelak shahri, Ahmad yassaviy mahalla, Istiqlol ko’chada joylashgan. Maktabimiz 1927 yilda tashkil etilgan. Ilk nomi Maksim Gorkiy nomidagi 25-o’rta maktab deb nomlangan.Maktabimiz 1927 yilda tashkil etilgan davrda, 3 nafar pedagog faoliyat boshlagan. Shu davrda maktab rahbari V. Rasulov bo’lgan, o’quvchi soni esa 15 nafarni tashkil etgan. 1929-1931 yillarda 5 nafar o’qituvchi va 39 nafar o’quvchi mavjud bo’gan. 1931-1932 yillarda Aleksandra Voroblyova rahbarlik qila boshlagan. 8 nafar o’qituvchi faoliyat olib borgan, 82 nafar o’quvchi ta’lim olgan. 1932-1933 yillarda 2-3 sinflarda rus sinflari ochilgan.

school_79_iv

    1935-1940 yillarda bu ko’rsatkich 13 nafar o’qituvchi, 213 nafar o’quvchini tashkil etgan. Maktabimiz 1940-1941 yillarda 7 nafar birinchi bitiruvchilarni chiqardi. 1942-yilda birinchi marta 1-6 sinfgacha bo’lgan o’quvchilar ta’lim oldilar, 8-9 sinf o’quvchilari esa sovuq urush tufayli front ortiga ya’ni qishloq xo’jalik ishlariga jalb qilindilar, 10-sinf o’quvchilari esa o’z hohishiga ko’ra urushga jo’nab ketgan. 1945-46 yillarda o’quvchi soni 245 nafarga yetdi. 1947-yilda sinflar soni 10 tani tashkil etdi. Shu o’quv yilida 9 nafar o’quvchi maktabni tamomladi. 1948-49 o’quv yillida o’quvchi soni 418 taga yetib, sinflar soni 20 taga yetdi. 1952-53 yillari 513 o’quvchi, 12 nafar o’qituvchi faoliyat olib bora boshladi. Shulardan 4 nafari oliy, 8 nafari o’rta maxsus ma’lumotiga ega bo’lgan.

school_79_i_ii

    Maktab 1953-54 o’quv yillarda 68 nafar bitiruvchini chiqardi. Shulardan Sodiq Nishonov, Payariq tumani hokimi, Jo’raboy Gadayev, Husanov Oblaqul, Raxmonov Abdulla, Hasan Xudoyberdiyev, Pardayeva Mastura, Boxodir Yusupov, Tayloqov Baxriddin, Hamidov Isoq, Qo’ziboyev Ma’ruf (Samarqand Arxitektura va qurilish Instituti dotsenti) kabi mutaxassislarni jamiyatimizga yetkazib bergan. Shu yillarda maktabimiz malakali mutaxasssislar bilan boyib bordi. Jumladan Normamat Bozorov, Muguzova, Isayev Inatulla, O’rol Haydarov, A. Mukarramov, X. Tayloqov, N. Yenekeyeva kabi o’z kasbining mohir ustalari o’quvchilarga ta’lim bera boshladilar. 1954-55 o’quv yilidan 1976-77 yilligacha (22 yil ichida) 2519 nafar o’quvchi maktabni bitirdi. Shulardan 147 nafari «Oltin» va «Kumush» medal bilan bitirdi. Jumladan Aslanov Anbar (Meditsina fanlari nomzodi), Umirov Saydi (Filologiya fanlari nomzodi), To’rayev Qilich (Samarqand Pedagogika Instituti, Matematika fan nomzodi), Yunusov Mansur (Ichki ishlar mayori), Sebyastyanova Valiya (Sibir akademiyasi ilmiy xodimi), Abduraxmonov Ismoil (Militsiya potpolkovnigi), Ergasheva Tamara (Moskva Davlat Universiteti katta o’qituvchisi) kabi faxrli sobiq o’quvchilari bilan faxrlanadi.

school_79_i_iii

    Bugungi kungacha bo’lgan davr mobaynida maktabimizga salohiyatli, iqtidorli insonlar rahbarlik qilgan. Jumladan Muxammad Mamaraximov, Normamat Bozorov, Asror Ostonaqulov, Nabi Jo’rayevlardir. Maktabimiz nomi ham ko’p yillar davomida Muxammad Mamaraximov nomli 25-o’rta maktab deb yuritilgan. Bugungi kunda zamon talabi bilan 79-umumiy o’rta ta’lim maktabi deb yiritiladi. Maktabimizga hozirgi kunda 2012-2013 o’quv yilidan boshlab oliy toifali rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Alisher Rashidov rahbarlik qilmoqda. Maktabimiz pedagogik jamoasi bir-biri bilan har doim do’stona munosabatda.